13.05.2025
E-learningYaratilgan vaqt: 10-Iyun
35 marta ko'rilgan
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xususan, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda, Markaz tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta?minlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlarining gender zo‘ravonlik bilan ishlashda kasbiy salohiyatini oshirish” mavzusida 5 kunlik trening tashkil etilishi belgilandi.
Shu munosabat bilan, ushbu o‘quv mashg‘ulotlariga 10-iyun kunidan start berildi. Ochilish marosimida IHMA direktor o‘rinbosari Sirojiddin Abdullayev, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligining Markaziy Osiyodagi taraqqiyot bo‘yicha direktori Sara Kuper, UNFPA, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bosh vakil o‘rinbosari Kamolxon Inomxodjayev hamda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi direktori Azamat Davletyarov ishtirok etdilar.
Mazkur treningdan asosiy maqsad – 14 ta hududdan tashrif buyurgan 34 nafar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari mutaxassislarini gender zo‘ravonlik hodisalariga javoban sifatli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, sohaviy trenerlarning kompetensiyalarini oshirishdan iborat.
157 marta ko'rilgan
201 marta ko'rilgan
145 marta ko'rilgan
139 marta ko'rilgan
141 marta ko'rilgan