24.03.2025
E-learningYaratilgan vaqt: 03-Dekabr
98 marta ko'rilgan
2024-yil 2-3 -dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shaharlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan “Ijtimoiy xodim amaliyoti hamda keys-menejment bosqichlari va kommunikatsiya strategiyasi” mavzusida treninglar tashkil etilmoqda.
Mazkur treningda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazilgan va yangidan qabul qilingan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari ishtirok etishadi. Ushbu treningning maqsadi ijtimoiy xodimlarning professional malakasini oshirish va ularning xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashdir.
Treningni o‘tkazish uchun, Trenerlarni tayyorlash dasturi (ToT) asosida maxsus tayyorlangan trenerlar jalb qilinib, ishtirokchilarga tegishli mavzular bo‘yicha amaliy va nazariy ma'ruzalar o‘tiladi.
94 marta ko'rilgan
121 marta ko'rilgan
99 marta ko'rilgan
106 marta ko'rilgan
111 marta ko'rilgan