13.05.2025
E-learningYaratilgan vaqt: 12-Mart
151 marta ko'rilgan
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi BMT (YUNISEF) xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda Trenerlar uchun trening ikkinchi bosqichiga start berildi.
Joriy yilning 12-15-mart kunlari tashkil etilgan bu safargi dars “Inson” markazlari yetakchi xodimlarining oilalar bilan ishlashda maxsus metodlarni qo‘llash, superviziyalar o‘tkazish va ijtimoiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha salohiyatlarini oshirish” mavzusida o'tkaziladi.
Mazkur seminarni ochilish marosimida Markaz direktori Azamat Davletyarov, YUNISEF bolalarni himoya qilish dasturi boshlig'i Antonia Luedeke va maslahatchisi Diana Isayeva ishtirok etdilar.
Ushbu trening 14 ta hududdagi 28 nafar professional trenerlarni o'qitish uchun mo'ljallangan bo'lib, YUNISEF milliy maslahatchisi Yulduzxon Umarbekova tomonidan olib boriladi.
157 marta ko'rilgan
201 marta ko'rilgan
145 marta ko'rilgan
139 marta ko'rilgan
141 marta ko'rilgan