04.12.2024
E-learningYaratilgan vaqt: 27-Noyabr
25 marta ko'rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan YUNISEF bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda "Yevropa Ittifoqi va BMT tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining mojaroli hududlaridan qaytgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash" (II-bosqich) loyihasi doirasida Toshkentda 5 kunlik trening boshlandi.
Treningning asosiy maqsadi — oilalarni qo‘llab-quvvatlashda tizimlararo yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha “Inson” markazlari xodimlarining malakasini oshirishdir.
Treningda ishtirok etayotgan trenerlar va ijtimoiy himoya tizimi mutaxassislari, oilalarga ijtimoiy, psixologik va emotsional yordam ko‘rsatish, kambag`allikni bartaraf etish va oilalar uchun samarali xizmatlar ko?rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashadi.
Trening dasturi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
- Oila mustahkamligini ta’minlash va oilalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘llari;
- Kambag‘allik va uning oila a’zolariga ta’siri;
- Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
- Samarali muloqot va empatiya orqali muammolarni hal etish;
- Oila daromadini oshirish uchun imkoniyatlar.
Shuningdek, trening davomida turli amaliy mashg‘ulotlar va real holatlar tahlili orqali o‘zaro fikr almashish, tajriba orttirishga imkoniyatlar yaratildi.
10 marta ko'rilgan
11 marta ko'rilgan
70 marta ko'rilgan
72 marta ko'rilgan
114 marta ko'rilgan